О нас|Контакты
 
    Kutilgan va kutilmagan loyiha #RapBall 3329 2 FaraON
    Salom mehrga chanqoq uzrapim va o'zbek Hip-Hop havasmandlari. Yana bu o'zicha aqlli, sizlarni nazaringizda "Eskirgan" ya'ni biz U.R.C nima demoqchi,bizdan nima hohlayapti deb hayoldan o'tkazgandirsiz a?
    Biz sog'lom muhit tarafdorlari sizlarga yangi loyihamiz bilan murojaat qilmoqchimiz. Aslida siz o'ylagandaqa emasligimizni o'zingiz ich-ichingizdan xis qilasiz, tan oling hech bo'lmasa kuniga bir marta kirib ko'rasizku? Hop mayli unaqa emas,siz o'ylagandaqa bo'lsin ham deylik, shu gu'rurni jilovlash yoinki reallikka intilish vaqti kelib ulguradimikan a labbay do'stim?

    Biz bundan roppa-rossa 2 yil avval bir ajoyib do'stimiz, "Xojimiz" (P.S : Bu do'stimiz muomalani e har turiga o'ynatib,gapirtirib yuboradiganlardan, ajoyib inson. Mana hozir o'zlari o'qidilar. Kulib qo'ydilar ham miyig'ida qo'ymaysiz xoji deb...) bilan birga bir ajoyib loyihaga qo'l urgan edik. Bu "Sog' tanda Sog'lom aql" loyihasi. Meni nazarimda bu loyiha ajoyib va eng kerakli asosiysi o'zbek hip-hopida sof-toza fikrlashni rivojlantirishga xissa qo'sha oladigan g'oyalardan edi. To'g'ri buni Estafeta tarzida o'tkazib boshlagan edik. Ammo tan olaman sal biz tarafdan yalqovlik bo'ldi davom ettirishga imonku topib,kuch topolmagandik.

    Hop tan olish ham mardlik, G'ururlaringni jilovlash ham bu ham mardlikning asl ko'rinishi. Endi esa shu ichdagi boshqarib bo'lmas energiya va kuchli say-harakatlar bilan shunga o'xshash o'zbek Hip-Hopida toza muhit,sof atmosfera,sog'lom turmush tarzini olib borish uchun harakatni davom ettirmoqchimiz. Do'stim ayting? Hop ichingizdagini chiqaringchi? Yomon yo'ldamizmi? Birortaga ruhiy ta'sir o'tkazmaymizmi shunday qilsak? To'g'ri fikrizga qo'shilaman mana bor ekansizku do'st, bu yaxshi bir yoqadan bosh chiqarishga bel bog'laganimiz bu hammizda rivojlanish belgilari paydo bo'lgani alomati. Yashavoring do'stim.

    Yangi sog'lom, mazmunga boy loyihamiz bilan tanishing. Bu loyiha "Rap va Futbol" uyg'unligini o'zida aks etadigan "RapBall" loyihasi deb nomladik (#rapball). Menimcha ortiqcha izohga hojat yo'q deb o'ylayman. O'zbek rapining Sog'lom auditoriyasini nasib etsa doimiy davom etib turadigan #rapball futbol o'yini loyihasiga chorlab qolamiz. Hudo hohlasa bu loyihada rejalar bisyor. Hammasi siz azizlar uchun. Sog'lom o'zbek rapi rivojida hammamiz hamjihatlikda,bir yoqadan bosh chiqarib harakatni boshladik aynan shu bugungi kundan deb o'ylayman. (Yetar gina saqlashning ham o'z qonun qoidalari bor, keyin shu chetdan qaraganda bizga yarashayapti deb o'ylasizmi a?)

    Eshiting : Barcha bizlarni tanigan va bilganlar, havasmandlar, keling-e tanimaganlar ham va albatta "sizlar" xa aynan sizlarni to'gri eshitdingiz 25-Sentabr "Yakshanba" kuni soat roppa rosa 18:00 dan 20:00gacha, Labzak yaqinidagi, "Ц-5 Пожарка" yonidagi sun'iy futbol maydonida kutib qolamiz. Shoshilmang,shoshilmang nima bor keraksiz joyga borib, ortiqcha harajat qilib deyishga. Bu birinchi tashkillashtirilayotgan RapBall loyihasi bu safar U.R.C tomonidan aksiya sifatida uyishtirilmoqda. Gapning ma'nosi shuki ushbu kunda kirish va biz bir qatorda bo'lish MUTLAQO BEPUL. Hech qanaqa ortiqcha to'lov sizdan talab qilinmaydi ishtirok etishingiz uchun faqat katta ma'suliyatni ya'ni kelib ishtirok etish xisini yuklaydi xolos. Unda shu kunlarsa uchrashguncha aziz do'stlar.

    Mo'ljal : Labzak, Germaniya elchixonasi, Crystal club ro'parasi.

    Aytgancha sal bo'lsa esdan chiqaray debman, bu kunda sizni antiqa yangilik taqdimoti kutmoqda do'stlar.

    Hurmat bilan U.R.C | @UZRAP
    Добавил: FaraON Просмотров: 3329 Категория: Новости Коментариев: 2
    Количество комментариев: 2
    Имя:*
    E-Mail:
    Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
    Введите код: *
  1. FaraON Оффлайн | 24 сентября 2016 22:04 Ответить       

    #RapBall loyihasi ertaga soat 18:00 dan 20:00 gacha Ц-5 dagi Crystal Club ro'parasi, (Eski Shirin kafesi), Germaniya elchixonasi yoni yoki "Пожарка" yonida bo'lib o'tadi. Hech kim kech qolmasligini iltimos qilib qolamiz. Ertaga eson omon ko'rishguncha.
    Murojaat uchun :
    +998936000093 (Faqat sms yoki telegramdan yozing iltimos @majidoow).
    +998935818224 (@uzrvp)
  2. Street_RaP Оффлайн | 25 сентября 2016 12:31 Ответить       

    BUGUN (Yakshanba) Kelila 18:00 da
Яндекс.Метрика