О нас|Контакты
 
    #UNDRSHOP (online Hip-Hop magazin) 1339 1 otabek1710
    Salom salom bizni sog'inganlar va shu o'rinda ularning aksilari, albatta sizlarga alangalik SALOM! Qishning ilk kunlarida U.R.C yana sizlarni xushnud etish yo'lida yangi loyiha bilan. Qanday loyiha deysizmi? Bu yana qanaqa "Rap proekt" deysizmi? Aksincha bu mutlaqo yangi yondashuv va yangicha qarash. To'g'ri bu ham albatta U.R.C tarkibi hisoblanadi va uning qoshida rivojlanadi va faoliyatini davom ettiradi. Bu degani albatta Hip-Hop muhitini o'zida aks ettiradigan U.R.C ning online magazini ya'ni Hip-Hop Shopi. Bu loyiha esa chiroyligina qilib #UNDRSHOP Loyihasi deb nomlanadi va o'zbek hip-hop munitiga tatbiq etiladi. Bu yerda albatta bizning ya'ni U.R.C brendi nomida ko'pdan ko'p mualliflik narsalari sotuvga qo'yilishiga harakat qilinadi va U.R.C brendi nomidan faoliyat yuritadi. Tanishing #UNDRSHOP Loyihasida shu kunlarda sotuvga qo'yilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar.

    1. U.R.C ning (www.uzrap.com) rasmiy silikon brasletlari. 6 xil ranglarda. (qizil, sariq, qora, yashil, pushti rang va ko'k). Bu brasletlarda U.R.C logotipi va nomi press yordamida tushurilgan bo'lib U.R.C ning mualliflik mahsuloti va mulki hisoblanadi. Undagi yozuvlar press yordamida silikon brasletlarga tushurilganligi sababli hech qanday o'zgarish bo'lmaydi va o'chib ketish holati bo'lmaydi.

    2. "Музыкальные оборудование" da to'g'ri eshitdingiz ya'ni barcha Hip Hop ixlosmandlarinva ijodkorlari qayerlardan qidirib, kimdan maslahat olishni bilmay, qimat narxlarda (Chilonzor Music Shop, Bayram, Nurlan records yoki Integrodagi ProAudio) sotib olish o'rniga endi to'g'ridan to'g'ri o'zimizdan harid qilish imkoniyatini yaratamiz. Kerak bo'lsa viloyatdagi ijodkor va haridorlarimiz uchun "Dostavka" yetkazib berish imkoniyatni ham joriy qilamiz. (P.S : Chunki bu gaplarni dadil aytishimga sabab bor ya'ni qimmat deb, sabab biz aynan bu soha bo'yicha yaxshi tanish bo'lib barcha toshkentdagi music shoplar bilan aloqamiz bor va narx navodan ham. Shu o'rinda ko'plarini hozirgi kunga qadar ba'zi музыкальный оборудованиялар bilan ta'minlab turamiz). Kafolatchi kafolat deysizmi? Kafolatni mana biz beramizda. Har bir bizdan harid qilingan mahsulotga 1 oy kafolat muddati beriladi. Yana sizga shuni aytib o'tishim shart bizning Online magazinimizga qo'yiladigan har bir Musiqiy instrument barcha to'g'ridan to'gri AQSHdan olib kelinadi. Xitoy bilan hozircha ishlash niyatimiz yo'q (P.S : To'g'ri bu braslet,snapback va shunga o'xshash narsalarga taaluqli emas). Mahsulotlar asosan : Микрофон, Звуковая карта, Усилители, Наушники ,Мониторы, Pop filter va boshqa narsalar. (P.S: Buyurtma asosida esa hohlagan narsani olib kelib beramiz).

    3. Bizning ya'ni #UNDRSHOP ning yana eng qulay va sizga yangilik yaratadigan tarafi bu hohlagan mahsulotni AQSH (www.ebay.com, www.amazon.com, www.nike.com va boshqalar) va Xitoy (aliexpress.com, alibaba.com, taobao.com, jd.com, tinydeals.com va boshqa) dagi Online magazinlardan 10-15 kun ichida yetkazib berish faoliyatini yo'lga qo'yamiz. Bu degani siz istalgan mahsulotga faqat 30% oldindan to'lov qilasiz va qolgan summani mahsulotni qo'lizga olib ishonch hosil qilgandan so'ng amalga oshirasiz. Bu esa o'ylaymanki qulay imkoniyat degani.

    Shu o'rinda sizlarga yana ishonch bilan ayta olamanki bu loyihamiz sizlarga hali juda samimiy xizmat qiladi. O'ylaymanki og'iringizni sal bo'lsada yengillashtirishga xizmat qiladi hurmatli Hip-Hop atmosferasining iste'molchilari.

    Bu esa sizlarga hozircha aniq taklif qila oladigan maqsad va xizmatlarimiz edi. Endi esa yaqin vaqtlarda sizni ajoyib U.R.C ning mualliflik Futbolkalar, Snapbacklari, Ryukzak, turli xil mualliflik aksesuarlari va boshqa antiqa, ajoyib narsalarni kutib qoling.

    Hozircha esa sizga U.R.C ning mualliflik mahsuloti bo'lmish va sizning kundalik turmushdagi kiyinishingizga oz bo'lsada chiroy bag'ishlaydigan kichik bir lekin muhim aksesuarimiz U.R.C BRASLETNI E'tIboringizga TAQDIM ETAMIZ va bugundan boshlab ushbu aksesuarni bizning saytimiz, rasmiy kanallarimizda ko'rishingiz mumkin va harid qilishingiz mumkin. Marhamat.

    Ma'lumot uchun : Telegramda @majidoow | @uzrvp

    Bizni kuzating : Telegram : @uzrap | @undrshop

    Ma'lumot uchun : Instagramda @majidoow @uzrvp

    Bizni kuzating : instagram : @u.r.c @undrshop
    Добавил: otabek1710 Просмотров: 1339 Категория: Новости, Новости Уз Коментариев: 1
    Количество комментариев: 1
    Имя:*
    E-Mail:
    Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
    Введите код: *
  1. RaPrizRec | 10 декабря 2016 19:41 Ответить       

    Qoyil qolish kere. Bu masulyatli va juda murakkab loyixa. Respect URC
Яндекс.Метрика